Yangi 2016 yil bilan barcha pedagog xodimlarni tabriklaymiz

No comments »

imagesKirib kelgan yangi yil barchamizga qutlig’ bo’lsin.Barcha yurtdoshlarimizni chin yurakdan qutlaymiz.Oilalariga tinchlik xotirjamlik,sog’lik-salomatlik tilab qolamiz.

14 yanvar Vatan himoyachilari kuni

No comments »

Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Maktabimiz images (1)jamoasi nomidan barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog’liq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to’liq bo’lsin.

Birinchi qo’ng’iroq

No comments »

imagesMaktablarda birinchi qo’ng’iroq jaranggi!
Bugun maktablarda jaranglagan “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ilm dargohlariga ilk bor qadam qo‘yayotgan bolajonlar qalbini cheksiz quvonch va shodlikka to‘ldirdi. Mustaqilligimizning 24 yillik shodiyonasi bilan uyg‘unlashgan ushbu tadbirlar umumta’lim muassasalarida juda chiroyli va yuqori saviyada o‘tdi. Mazkur tadbirlarda tuman(shahar)lar hokimliklari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, huquq-tartibot idoralari, ota-onalar, xalq ta’limi boshqaruv idoralari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

25-fevral kuni maktabimizda logopediya fanidan ochiq darslar bo’lib o’tdi.

No comments »

Фото0028Arifjonova.Yulduz «Narsa va shaxslarning belgisini bildirgan so’zlar» mavzusida ochiq dars berdi.

14 январ – Ватан ҳимоячилари куни

No comments »

загружено (1)images (6)Мамлакатимизда 14 январь — Ватан химоячилари кунини миллий байрам сифатида катта тантана билан нишонлаш ўзига хос анъанага айланган. Бу бежиз эмас, албатта. Сизу бизнинг бугунгидек тинч, хотиржам хаётимиз куролли Кучларимиз томонидан ишончли тарзда химоя килинмокдаки, мана шундай масъулиятли бурчни сидкидилдан адо этаётган, тараккиётимиз баркарорлигига камарбаста бўлаётган ўглонларимизни хар канча эъзозласак, кўкка кўтарсак, арзийди.
Ана шундай фидойи фарзандлар бор экан, эртанги кунга ишончимиз хам юксалиб бораверади. Зеро, Президентимиз, куролли Кучларимиз Олий Бош кўмондони алоида таъкидлаганидек, «… бугунги кунда Ўзбекистон амалда ўзининг замонавий, ихчам ва харакатчан, яхши куролланган, мамлакатимиз баркарорлиги ва хавфсизлигини, сархадларимиз дахлсизлигини, халкимизнинг тинч ва осойишта хаётини ишончли химоя килишга кодир бўлган миллий армиясига эга, деб айтиш учун барча асосларимиз бор».
Мактабимизда хам байрамга тайёргарлик кўрилмоқда.Тадбир иштирокчилари ва мактаб маъмурияти 14-январь Ватан ҳимоячилари куни билан барча Ватан ўғлонларини табриклаймиз.

Ўзбекистонда Халқаро ногиронлар куни нишонланмоқда

No comments »

SAM_0591Ёрдамга эҳтиёжманд одамга кўмаклашиш, уни ҳаётий мураккаб вазиятда қўллаб-қувватлаш жамиятимизда ҳар доим алоҳида қадрланган ва халқимизга хос фазилат бўлган. Имконияти чекланган ўқувчиларни байрам билан табриклаб,мактабимизга кўплаб санъаткорлар ташриф буюришди.Улар куйлаган қўшиқларга ўқувчиларимиз рақсга тушишди.

      Бундан ташқари ўқувчиларимиз ўртасида кўплаб спорт мусобақалари ўтказилди.”қувноқ стартлар”,стол тенниси”,”шашка” ва бошқа спорт ўйинларида ўқувчиларимиз қатнашиб яхши ўринларни олиб мукофотландилар.


5-dekabr SAM_0656

1-oktabr -Ustozlar va murabbiylar kuni!

No comments »

69a92ac42b uzb1 oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni!

USTOZ, O‘QITUVChI, MURABBIY!
Bu so‘zlar zamirida, o‘z hayotini ta’lim-tarbiyaga baxshida etgan fidoyi insonda olam-olam ma’no mujassam: barchaning ma’naviy ota-onasi; ilmu ma’rifatga yo‘llovchi, ziyo tarqatuvchi; eng yaqin do‘st va yo‘l ko‘rsatuvchi; mehr va odamiylik bulog‘i; o‘z sohasining zukko bilimdoni; adolat va haqiqat mezoni.
Ustozlar hurmatga, qilgan xizmatlari esa tahsinga sazovordir.
Mustaqillik sharofati tufayli mamlakatimizda ustoz-murabbiylarga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun Vatanimiz ma’rifiy tizimini shaklan va mazmunan boyitdi, o‘qituvchining Vatan ravnaqida tutgan o‘rnini belgilab berdi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi va rahnamoligida o‘qituvchi va murabbiylarning mehnati munosib qadrlanmoqda:
Ustoz bizga hayotning mashaqqatlarini, egri-bugri so‘qmoqlarini, xursandchiliklarini, umuman, hayotning mazmunini o‘rgatuvchi zotdir. Shuning uchun ham muallim ko‘ngillarni yorituvchi, hayotga ziyo bag‘ishlovchi, ma’rifatparvar inson sifatida qadrlanadi.
Agar dunyodagi barcha boyliklarni yig‘sak ham, ustozlar oldidagi qarzlarni uzishga yetmaydi. Navoiy hazratlari ta’kidlaganidek,
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqqin yuz ganj ila.
Zotan, ustozga boylik kerak emas. Unga shogirdlarining e’tibori, ularning biror martabaga erishgani va xalqi uchun kerakli inson bo‘lishini bilishning o‘zi kifoya.
Mashaqqatli, ammo sharafli kasblarida barcha ustoz-murabbiylarga salomatlik, umrboqiylik va baxtli hayot nasib etsin. Shijoat va matonat hech qachon ularni tark etmasin. Hamisha shogirdlar ardog‘ida yurishni, bosib o‘tgan hayot yo‘llarining har bir lahzasi asrlarga tatigulik bo‘lishini tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!

87-maktab ma’muriyati.

 

9-may Xotira va qadrlash kuni.

No comments »

Barcha yurtimiz axolisini 9-may Xotira va qadrlash kuni bilan maktabimiz pedagog xodimlari nomidan tabriklaymiz.Faxriylarimizga uzoq umr,sog’lik va salomatlik tilaymiz.

25 aprel kuni «Mehnat bayrami»bo’lib o’tdi

No comments »

25 aprel kuni «Mehnat bayrami»bo’lib o’tdi.Yakkasaroy tumanidagi 25-yordamchi maktabda bo’lib o’tgan mehnat bayramida o’quvchilarimiz faol ishtirok etishdi.

Maktabda metod birlashmalar taqdimoti.

No comments »

Aprel oyida maktabimizda metod birlashmalar taqdimotlari bo’lib o’tmoqda.Har bir metod birlashma o’zlarining yillik ish jarayonlari haqida taqdimot qildilar.Yangilik va izlanuvchanlik yuzasidan fikrlar almashilindi.Maktab raxbari Azimova G.Z o’z fikrlarini,yana qanday yangiliklar kiritish haqida so’zladilar.